10:12 / 11.10.2015
11426

WSJ: AQShning Yaqin Sharqdagi hukmronligi o‘z poyoniga yetmoqda

Rossiya va Eronning Yaqin Sharqdagi faol harakatlari tufayli AQShning mintaqada hukmronligini yo‘qotgani yaqqol bo‘lib qoldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

“AQShning mintaqadagi ishlarga ta'siri va ishtiroki Ikkinchi jahon urushi zamonlaridan beri eng kuchli tanazzulni boshidan kechirmoqda”, deb aytmoqda AQShning Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Livan va Pokistondagi sobiq elchisi Rayan Kroker. Uning aytishicha, mintaqada hosil bo‘lgan siyosiy bo‘shliqni Vashington to‘xtatmoqchi bo‘lgan kuchlar to‘lg‘azmoqda.

Vashingtonning Yaqin Sharqda anchagina harbiy qudrati qolayotganiga qaramasdan, uning ittifoqchilari va raqiblari AQShning kelgusida ham o‘z do‘stlarini qo‘llab-quvvatlashiga ishonmay qo‘ydilar, deb hisoblamoqdalar tahlilchilar. “Mintaqada hozir AQShni qo‘llab-quvvatlovchi birorta guruh yo‘q, bu hayratlanarli”, deb ta'kidlamoqda Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti tahlilchisi Emil Xokayyem. Uning aytishicha, liberal doiralarning fikricha, Barak Obama avtoritar yetakchilarga erk bermoqda, ular esa AQSh timsolida ishonchsiz ittifoqchini ko‘rishmoqda.

Tahlilchining fikricha, AQSh Yaqin Sharqda hukmronligini batamom yo‘qotgan. “Obamadan keyin keladigan prezidentda unchalik ham ko‘p imkoniyat qolmaydi. Men keyingi prezident uchun ham strategiyani ko‘rmayapman. Biz juda chuqurlashib ketdik”, deb ta'kidlamoqda Xokayyem.

AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari xavotirga tushganlar va Rossiya bilan murosaga borishga harakat qilmoqdalar, deb ta'kidlamoqda WSJ nashri. Misol uchun, Isroil o‘tgan yili Qrimga nisbatan AQSh tomonidan ilgari surilayotgan BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan, hozir esa Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalarini tanqid qilmayapti.

Top