Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar IShIDga qarshi kurash doirasida maxsus otryadlar yaratmoqda
Afg‘onistonning Tolibon harakati IShID jangarilariga qarshi kurash doirasida maxsus harbiy otryadlar tayyorlamoqda. Haama Press agentligining xabar qilishicha, yangi tuzilma “Zaxira otryadi” nomi bilan yuritilmoqda.
Aytilishicha, toliblarning bu guruhlari Afg‘oniston sharqida joylashib, IShIDning ta'siriga qarshi kurash olib boradi. Ayni paytda radikallar yoshlar orasidan ko‘ngillilarni to‘plab, ularga tayyorgarlik mashqlarini bajartirmoqda.
Bu guruh Tolibonning boshqa bo‘linmalariga nisbatan yaxshiroq qurol-yaroqqa va moddiy-texnik ta'minotga ega bo‘lishi ta'kidlanmoqda.