Sport | 23:17 / 12.10.2015
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha JCh: Elshod Rasulov ham finalga chiqa olmadi

Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim final bosqichida o‘zbekistonlik yana bir bokschi mag‘lubiyatga uchradi.

Elshod Rasulov irlandiyalik Jozef Uordga qarshi ringga chiqdi. Jang tengma-teng kurashlar ostida o‘tdi. Irlandiyalik bokschi ikkinchi raqam ostida harakat qilib, asosan qarshi hujumlarga tayandi.

Dastlabki ikki raundda hakamlarning barchasi ustunlikni Uordga berishdi. So‘nggi raundda esa Rasulov o‘z ustunligini namoyish qildi. Yakuniy natija — 28:29, 28:29, 28:29.

Elshod JChning bronza medaliga ega bo‘ldi. Endi u olimpiada yo‘llanmasi uchun yana bir jang o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish