Sport | 22:09 / 12.10.2015
4063
2 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» Samarqandda «Dinamo»ni yenga olmadi

Bugun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 25-tur o‘yinlariga start berildi. Dastlabki bahs “Dinamo” – “Bunyodkor” o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuvning 12-daqiqada mezbonlar tezkor gol urib, hisobda oldinga chiqib olishdi. Qarshi hujumda Farruh Shotursunov yetkazib bergan to‘pni Kamoliddin Murzoyev darvozabon ustidan oshirib, hisobni ochdi.

Tanaffusgacha boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham ketma-ket hujumlar bilan boshlandi. “Bunyodkor”ning qator hujumlari 72-daqiqada o‘z samarasini berdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Dilshod Jo‘rayev boshi bilan “Dinamo” darvozasiga joylab, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ushbu hisob boshqa o‘zgargani yo‘q va Samarqanddagi bahsda “Dinamo” va “Bunyodkor” jamoalari o‘z hisoblariga bir ochkodan yozdirib qo‘yishdi.

Endilikda, "Bunyodkor" 48 ochko bilan 4-o‘rinda joylashib turibdi. Samarqandliklar hisobida esa 25 turdan keyin 22 ochko to‘plangan va jamoa 13-o‘rinda ketmoqda.

Oliy liga, 25-tur
“DINAMO” – “BUNYoDKOR” 1:1 (1:0)
Gollar: Kamoliddin Murzoyev 12 (1:0), Dilshod Jo‘rayev 72 (1:1)
Ogohlantirishlar: Rustamjon Ashurmatov 18, Kamoliddin Murzoyev 32, Artyom Filiposyan 62, Akramjon Komilov 70, Ilhom Yunusov 70, Viktor Karpenko 90+2

"Dinamo": 25.Muhiddin Xudoyorov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Otabek Zokirov (95.Firdavs Abdusalimov 66), 13.Hasan Asqarov, 16.Akmal Xolmurodov, 20.Farruh Shotursunov (30.Feruz Boboqulov 78), 55.Avaz Agaliyev, 61.Artyom Filiposyan, 66.Akmal Bozorov (17.Jasur Azimov 60), 67.Ilhom Yunusov, 97.Kamoliddin Murzoyev
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo‘rayev (19.Zabihillo O‘rinboyev 88), 6.Anvar G‘ofurov, 7.Shaker Zuagi, 9.Sato Minori, 14.Vohid Shodiyev, 17.Doston Hamdamov (77.Viktor Karpenko 71), 22.Rustam Ashurmatov, 39.Eldor Shomurodov. 48.Akrom Komilov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish