Jahon | 18:28 / 12.10.2015
4366
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiyani Asadni qutqarish bilan emas, IShIDga qarshi kurash bilan shug‘ullanishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning Suriyadagi harbiy kampaniyasini tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi Associated Press agentligi.

Aytilishicha, vazirlar Rossiya hukumatini Bashar Asad rejimini qutqarish bilan shug‘ullanmasdan, IShIDga qarshi kurashni jadallashtirishga chaqirdi.
“Suriyadagi harakatlar muvofiqlashtirilishi lozim”, - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini.
Uning fikricha, bu ish AQSh, Rossiya va YeI o‘rtasida amalga oshirilishi lozim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish