Texnologiya | 10:15 / 12.10.2015
12612
1 daqiqa o‘qiladi

Eron avtomobillari Qozog‘iston bozoriga kirib keladi

Ostonadagi AIAS-2015 xalqaro avtosalonida Eronning IKCO avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining mahsulotlari taqdim etildi.

Qozog‘iston prezidenti huzuridagi markaziy kommunikatsiyalar xizmatining ma'lum qilishicha, Eron mashinalari mamlakat avtobozorining tejamkor segmentiga kirib kelishi mumkin. Jumladan, Runnan sedanining narxi 8 ming dollarni tashkil qiladi.
Ko‘rgazmada Eron mashinalarining 4 modeli taqdim etildi.

IKCO vakillari Qozog‘istonda o‘z bo‘limini ochish borasida muzokaralarni boshlab yubordilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish