20:11 / 12.10.2015
3288

Goal.com: Mourino, Gvardiola va Venger "PSJ"ni boshqarishi mumkin murabbiylarning qisqa ro‘yxatiga kiritildi

Joze Mourino, Xosep Gvardiola va Arsen Venger “PSJ”ni boshqarish uchun asosiy nomzodlar bo‘lib turishibdi.

Goal.com nashri ma'lumotlarga ko‘ra, shu mavsum yakunida Loran Blan iste'foga chiqariladi. Xosep Gvardiola ham aynan mavsum yakunida kelajagi borasida bir qarorga kelishi haqida aytib o‘tgandi.

Shuningdek, Mourinoning ham “Chelsi”da ishlari yurishmayapti. U katta ehtimol bilan Londonda so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.
Arsen Venger esa o‘z vataniga qaytib, “PSJ”ni boshqarishga rozilik berishi mumkin.

Top