10:36 / 12.10.2015
4004

Gulruhbegim Tohirjonova Osiyoning mutlaq chempioni bo‘ldi

11 oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Qizlar o‘rtasidagi qit'a chempionatida hamyurtimiz FIDe ustasi Gulruhbegim Tohirjonova (2188) oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medal hindistonlik Ivana Mariya Furtado (2259)ga nasib etdi. Ikkala shaxmatchi ham 7,5tadan ochko jamg‘arishdi.

Lekin qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra vakilamiz g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa, Tohirjanova standart, rapid va blits yo‘nalishlarida 3ta oltin medal bilan mutloq Osiyo chempioniga aylandi.

Top