Jahon | 10:09 / 12.10.2015
2854
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasi prezidenti joriy haftada AQShga safar qiladi

Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe shu haftada AQShga safar qiladi va Barak Obama bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bergan.

Janubiy Koreya rahbari ma'muriyati vakilining ta'kidlashicha, prezident haftaning juma kunida Obama bilan uchrashadi.

“Ikki davlat prezidentlarining uchrashuvida nafaqat Janubiy Koreya va Amerika hamkorligi masalasi muhokama etiladi, balki Koreya yarim orolidagi va Shimoliy-Sharqiy Osiyodagi tinchlik, barqarorlik muammolari yuzasidan fikr almashiladi”, - deydi janub koreyslari prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha kotibi Chu Chxol Gi.

Qayd etish kerakki, Pak Kin Xening ushbu tashrifi uning davlat rahbarligini egallagan 2013 yil fevralidan buyon AQShga to‘rtinchi safari hisoblanadi.

Dastlab tashrif 14-18 iyulga mo‘ljallangan edi. Ammo Janubiy Koreyada o‘sha vaqtda kronavirus kasalligining tarqalishi safar bekor qilinishiga sabab bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish