Sport | 11:45 / 12.10.2015
3403
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul»ni boshqarishni istagan FIFA 15 o‘yini ustasiga rad javobini berildi

«Liverpul» klubi ijrochi direktori Ien Eyr FIFA 15 o‘yinida tajriba to‘plagani tufayli jamoa bosh murabbiyligiga da'vo qilib taklif yo‘llagan muxlisga rasman rad javobini berdi.

"Qadrli mister Nil, bizga «Liverpul» jamoasi bosh murabbiyligini egallash maqsadida yo‘llagan taklifingiz uchun rahmat. Afsuski, biz bu talabingizni qanoatlantira olmaymiz, chunki sizga qaraganda tajribaliroq bo‘lgan professional murabbiy qidirmoqdamiz.

Siz FIFA 15 o‘yinida «Portsmut»ni ikkinchi diviziondan APLga olib chiqib, to‘rt yil davomida uni chempion qilganingiz borasidagi tajriba haqida esa shuni aytishimiz mumkinki - bu bizga kerak bo‘lgan tajriba emas. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, jamoa boshqaruviga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat, umid qilamizki, kelajakda siz bilan ko‘rishishga muvaffaq bo‘lamiz", - deya rasmiy javob xati yo‘llaydi Eyr.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Yurgen Klopp «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida tayinlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish