Jahon | 07:19 / 12.10.2015
4316
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 4 kg dan ko‘proq trotil ekvivalentiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlovchi qurilma topildi

Moskva markazidagi Strelbishchensk tor ko‘chasidagi uydan topilgan portlovchi qurilmaning kuchi 4 kg dan ko‘proq trotil ekvivalentini tashkil qilishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manba ma'lum qildi.  

Qayd etilishicha, terakt amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinganlarni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan kvartirada huquq-tartibot muassasalari tezkor xodimlari ish olib bormoqdalar.

Portlovchi qurilma tekshirish uchun laboratoriyaga yuborilgan.

Operatsiya o‘tkazilgan uydan 80 dan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, teraktni tayyorlashga aloqadorlikda gumon qilinib 3 kishi qo‘lga olindi. Ular bilan tezkor-tergov ishlari olib borilayotgani aytilmoqda. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish