Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novak Jokovich Pekindagi ATP turniri finalida Nadalni yengdi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 3 944 715 AQSh dollarini tashkil etuvchi yirik turnir yakunlandi. Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich hamda turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilgan Rafael Nadal o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Serbiya va Ispaniya vakillari o‘zaro 45-marotaba bir-birlariga qarshi kortga chiqishdi. Roppa-rosa bir yarim soat davom etgan bahsda Jokovich raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida taslim etdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.
Bu bilan u o‘zaro uchrashuvlardagi hisobni minimal darajaga qisqartirdi. Hozirda Nadal o‘zaro uchrashuvlarda Novakni 23:22 hisobida ortda qoldirmoqda. Pekindagi muvaffaqiyat Jokovichga 654,725 dollar mukofot jamg‘armasi hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
China Open
Pekin, Xitoy
ATP World Tour 500
Mukofot jamg‘armasi – 3 944 715 dollar
Ochiq xard kortlar
FINAL
Novak Jokovich (Serbiya) – Rafael Nadal (Ispaniya) 6:2, 6:2