Jahon | 17:20 / 12.10.2015
3902
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Fransiya Muxtor Ablyazovni Rossiyaga qaytarib yuboradi

Fransiya hukumati qozog‘istonlik bankir Muxtor Ablyazovni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

“Ekstraditsiya haqidagi qaror 17 sentabr kuni qabul qilinib, bosh vazir Manyuel Vals tomonidan imzolangan”, - dedi Ablyazovning advokati Per Palas.

O‘tgan hafta bundan Parij yaqinidagi “Fleri-Merojis” qamoqxonasida saqlanayotgan Ablyazovning o‘zi ham boxabar qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish