Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Fransiya samolyotlari Suriyada olti nafar fransuz-terrorchini yo‘q qildi
Suriyada fransuz harbiy samolyotlarining aviazarbalari natijasida 6 nafar fransiyalik terrorist yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda iTELE telekanali hukumatdagi axborot manbasi ma'lumotlariga asoslangan holdi.
Bu haqdagi xabar Fransiya bosh vaziri Manuel Valsning “kim IShID tayyorgarlik lagerlariga qo‘shilgan bo‘lsa, ular ertadan aviazarbalar berilishi mumkinligini bilishlari lozim”, degan so‘zlarni aytgandan keyingi kuni kelib tushgan.
Sentyabr oyi oxirida Fransiya HHK birinchi marta Suriyadagi IShID jangarilari pozitsiyalari bo‘ylab aviazarbalar berishni boshlagan edi. Valsning qayd etishicha, bombalar tashlanishi zarurat bo‘lib, ular o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.