Jahon | 09:54 / 12.10.2015
5533
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh razvedkasi Rossiyaning Asadga yordam ko‘rsatish borasidagi rejalaridan boxabar edi

Rossiyaning Suriyadagi harbiy havo operatsiyasi AQSh uchun kutimagan hol bo‘lmadi, negaki razvedka prezident Bashar Asadga ko‘rsatilayotgan yordamni diqqat bilan kuzatib borayotgan edi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bizning razvedkamiz yaxshi ishlaydi, - ma'lum qildi u. – Biz Rossiya Suriyaga yordam ko‘rsatishini bilar edik, negaki Asad rejimi qulashidan qo‘rqayotgan edi”.
Shu bilan birga, Obama Rossiyaning Suriyadagi strategiyasini noto‘g‘ri deb baholadi. Uning fikricha, Rossiya kuchlari IShIDga qarshi kurashga birinchi darajali ahamiyat qaratmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish