Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: AQShning Yaqin Sharqdagi ishtirokining oshirilishi isnodli xato bo‘ladi
AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokining oshirilishi isnodli xato bo‘ladi, deb aytdi.
“Men sizga ishonch bilan ayta olamanki, respublikachilar partiyasida biz Yaqin Sharqqa cheksiz sondagi askarlarni yuborishimiz kerakligi va kuchni namoyish qilishning yagona yo‘li – bir necha yuz ming askar yuborib va u yerda tinchlik o‘rnatib, mintaqada tartibni saqlaymiz deb o‘ylaydigan muayyan doiralar mavjud. Yana ko‘proq AQShlik askarlar halok bo‘lishi, minglab odamlar o‘lishi, minglabi jarohat olishi, yana trillionlab dollar sarflashimiz ular uchun muammo emas. Bizdan shunday qadamlarni amalga oshirishimizni istayotgan odamlar bor. Va ular biz buni qilmagunimizcha, bizni chekinayotibdi, deb o‘ylaydilar”, deb aytdi Obama 60 Minutes ko‘rsatuvida.
“Biz Yaqin Sharqda juda ulkan darajadagi ishtirokka egamiz, bizda bazalar va avianosetslar bor, bizning uchuvchilar bu hududda parvoz qiladilar. Biz Iroqni uning armiyasini tiklash maqsadida qo‘llab-quvvatlamoqdamiz va agar biz uchun yagona yechim Suriyaga yoki yana Iroqqa, yoxud Liviya yoki Yamanga 100 yoki 200 minglab askar yuborishdan iborat bo‘lsa, unda bu yomon strategiya bo‘lgan bo‘lardi. Men bunday xatoga yana yo‘l qo‘ysak, unda biz isnodga qolamiz, deb hisoblayman”, deb aytib o‘tdi Obama.