O‘zbekiston | 17:45 / 12.10.2015
8196
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yer maydonlari endi tanlov asosida taqdim etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktabrdagi qaroriga binoan, 2016 yil 1 yanvardan aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun 1 gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari faqatgina tanlov asosida taqdim etiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, tanlovga qo‘yilgan yer maydoning eng kam qiymati shaharlarda yer maydonlaridan foydalanish uchun yuridik shaxslar uchun joriy etilgan yer solig‘ining yillik stavkasi miqdorida, respublika posyolka va qishloq joylarida esa ularning joylashgan o‘rniga qarab belgilanadi.

Mazkur qaror kichik sanoat va maxsus industrial zonalar hududlari, O‘zbekiston milliy avtomagistrallari yoqasidagi yo‘l bo‘yi infratuzilmalari va xizmat ko‘rsatish obektlari hamda boshqalar uchun taalluqli emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish