12:38 / 12.10.2015
10462

O‘zbekistonlik fuqaro nomiga xorijdan 27 dona diniy mazmundagi kitoblardan iborat pochta jo‘natmasi yuborilganligi aniqlandi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari turli xil diniy mazmundagi materiallarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ma'lum qilgan.

Jumladan, boshqarmaning “Boshpochtamt” bojxona posti xodimlari xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasini amaldagi tartiblarga muvofiq bojxona nazoratidan o‘tkazganida, buyumlar orasida 27 dona diniy mazmundagi kitoblar borligini aniqlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan yo‘lovchi poyezd yo‘lovchisi fuqaroning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, undagi uyali aloqa vositasi xotirasi hamda qo‘shimcha fleshkarta xotirasida turli diniy ekstremistik va terrorchilikni targ‘ib qiluvchi ma'ruzalar, suratlar va videoroliklar borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu bojxona posti xodimlari tomonidan “Chelyabinsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan ikki nafar yo‘lovchilarining uyali aloqa vositalari xotirasida jami 476 dona diniy mazmundagi turli audio va 21 dona video materiallar borligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislarining tegishli xulosalariga ko‘ra mazkur diniy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish man etiladi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.

Top