09:20 / 12.10.2015
3082

Polsha terma jamoasi Yevro-2016 saralashida eng ko‘p gol urgan terma jamoa bo‘lib turibdi

D guruhida ikkinchi o‘rin bilan yo‘llanmani hal qilgan Polsha terma jamoasi futbolchilari 11 oktabr kuni Yevro-2016 saralashining 10-turida Irlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda 2ta gol urishdi.

Bu gol terma jamoaning saralash bosqichidagi 33-goli bo‘ldi va polshaliklar barcha terma jamoalar orasida bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib turishibdi.

Qayd etish kerakki, shundan 13tasi Levandovski hisobiga yozildi.

Yevro-2016 saralashida eng ko‘p gol urgan terma jamoalar qatorida angliyaliklar 28ta, germaniyaliklar 24ta gol bilan 2 va 3-o‘rinlarda qayd etilishgan.

D guruhida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya 22 ochko, Polsha esa 21 ochko to‘pladi.

Top