Jahon | 07:31 / 12.10.2015
3674
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari vertolyoti falokatga uchradi

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining Puma Mk 2 rusumidagi vertolyoti Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi NATO bazasiga qo‘nmoqchi bo‘lganda falokatga uchradi, deb xabar bermoqda SkyNews nashri.

Fojia oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi va yana 5 kishi jarohat oldi. Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar afg‘on jangchilarini o‘rgatish bo‘yicha NATOning “Qat'iy ko‘mak” deb nomlangan nojangovor missiyasining vakillari bo‘lganlar.

Ayni paytga kelib, falokat qandaydir jangovor harakatlar oqibatida yuz bermaganligi aniqlandi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakili baxtsiz hodisa sabablari aniqlanayotganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish