Sport | 09:29 / 12.10.2015
2563
1 daqiqa o‘qiladi

Robert Levandovski YeCh saralashida 13ta gol urdi va Xilining rekordini takrorladi

Polsha terma jamoasi Irlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Polshaliklar tarkibida ikkinchi golga Robert Levandovski mualliflik qildi. Ushbu gol hujumchi uchun Yevropa chempionati saralashida 13-gol bo‘ldi.

Shu tariqa 27 yoshli hujumchi Shimoliy Irlandiya terma jamoasi futbolchisi Devid Xilining rekordini takrorladi. Xili ham 2008 yilgi Yevropa chempionati saralashida 13ta gol urgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish