Jahon | 19:00 / 12.10.2015
5018
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya maxsus xizmatlari: Moskvada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslar IShID bazalarida tayyorgarlik ko‘rgan

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan Moskva shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxslar IShIDning qarorgohida tayyorgarlik o‘tagan. Bu haqda RIA Novosti maxsus xizmat xabarnomasiga tayangan holda yozmoqda.

“Moskva shahridagi ularning manzili aniqlandi. U yerda muntazam ravishda IShID qarorgohlarida tayyorgarlik o‘tagan 6-11 kishi bo‘lgan”, - deyiladi idoraning rasmiy bayonotida.
Aytilishicha, ushbu shaxslar IShID guruhi bilan aloqada bo‘lgan. Yaqin Sharq terrorchilari ularga operatsiyani amalga oshirish uchun moddiy mablag‘lar va portlovchi moddalar yetkazib bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish