Jahon | 00:32 / 12.10.2015
5536
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Saudiya Arabistoni bilan Suriyadagi operatsiya borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Rossiya rahbariyati bilan uchrashuvida Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi borasida xavotirlanayotganini aytdi. Moskva bunga javoban uning Suriyadagi asosiy maqsadi hamisha IShIDga qarshi kurashish bo‘lganini ma'lum qildi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrning bu haqdagi bayonotini RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Rossiyaning Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi borasida biz o‘z xavotirlarimizni bildirib o‘tdik, ya'ni bu operatsiya Eron va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq kabi qabul qilinishini aytdik. Biroq suhbat davomida bizning rossiyalik do‘stlarimiz ularning asosiy maqsadi IShID bilan kurashish ekanligini tushuntirdilar”, deb aytdi Al-Jubayr.

Shuningdek, Rossiya Ar-Riyodda Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi maqsadlari borasida shubhalar bo‘lmasligi uchun Saudiya Arabistoni bilan Suriyadagi operatsiya xususida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni bu taklifni qabul qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya shu tariqa Saudiya Arabistonining xavotirlarini tushunishini tasdiqladi.

Lavrovning aytishicha, Saudiya Arabistoni Rossiya bilan yaxlit Suriya davlatini saqlab qolishda ishlashni davom ettiradilar. Uning aytishicha, tomonlar Suriya masalasida maqsadlari mos tushishini tasdiqladilar.

“Biz Saudiya Arabistoni bilan Suriya inqirozi muammosi bo‘yicha birinchi yil yaqindan hamkorlik qilayotganimiz yo‘q. Bugun prezident Putin Saudiya Arabistonida yuzaga kelayotgan tashvishlarni tushunishimizni tasdiqladi hamda Saudiya Arabistoni va Rossiyaning Suriyaga nisbatan maqsadlari to‘liq mos tushishi tasdiqlandi”, deb aytdi Lavrov Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri bilan uchrashuv natijalari bo‘yicha.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘z navbatida Ar-Riyod Suriyaning yaxlitligini saqlab qolish maqsadida Jyeneva kommyunikesining amalga oshirilishi bo‘yicha umumiy asosni qidirish tarafdori ekanligini bildirib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish