11:31 / 12.10.2015
6867

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi. Buning uchun svetoforlar ostiga benzinli generator o‘rnatilmoqda. “Voditeli Tashkenta” guruhida shaharning Bog‘ishamol ko‘chasida militsiya xodimlari tomonidan o‘rnatilgan mana shunday generator surati joylashtirildi.

“Samarqandda bu odatiy holat. Chekka tumanlarni qo‘ya turaylik, shaharning o‘zida ham kuniga 6-8 soatlab chiroq bo‘lmaydi”, - deb yozdi bu “texnologiya” muhokamasida ishtirok etgan internet foydalanuvchilaridan biri.

Top