Jahon | 07:07 / 12.10.2015
4010
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Suriyada o‘tish davri zarurligini e'lon qildi

Suriya inqirozi siyosiy yo‘l bilan hal qilinishi kerak, deb aytdi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, amalda Suriya hukumati va muxolifat vakillari ishtirokida o‘tish vaqtiga o‘tish uchun sekin-asta harakat qilish jarayoni zarur.

“Bizning Suriya muammosi xususidagi fikrimizga kelsak, u o‘zgargani yo‘q. Biz bu masalaning siyosiy hal qilinishi tarafdorimiz. Bu jarayon hozirgi tuzum va muxolifat vakillari ishtirok eta olishlari mumkin bo‘lgan o‘tish vaqtiga o‘tishi uchun Jyeneva kommyunikesi tamoyillarining bajarilishiga chaqiramiz”, deb aytdi Odil Al-Jubayr.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish