Jamiyat | 19:40 / 12.10.2015
6995
1 daqiqa o‘qiladi

Shaolin rohibi 10 soniya davomida bir barmog‘iga tayanib turdi

Xitoy shimolida shaolin rohibi Shi Liliang yana bir marta inson tanasi qudratini namoyish etdi. U odam bolasi bitta barmog‘iga tayangan holda 10 soniya tura olishini ko‘rsatib bergan.

Ushbu holat tasvirlangan video YouTube hostingiga joylashtirilgan va unda rohib bu tryukni yer yuzida sanoqli kishilar bajara olishini aytgan.

Qayd etish kerakki, Liliang bundan oldin ham aqlbovar qilmas tryukni amalga oshirgan, o‘shanda u suv ustida 125 metr masofani bosib o‘tgandi. Bunda u tayanch sifatida u suv usti qalqib turgan 200ta faner taxtachalardan foydalangandi.

Uning navbatdagi qobiliyati aks etgan videoni bir necha million marta tomosha qilishgan.