Jahon | 19:45 / 12.10.2015
3212
2 daqiqa o‘qiladi

Skotlend-Yard Ekvador elchixonasida Assanj orqasidan kuzatuvni to‘xtatdi

Skotlend-Yard WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj berkinayotgan Londondagi Ekvador elchixonasida kun bo‘yi navbatchilik qilgan politsiyachilarni ortga chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Politsiya zobitlari Assanjning hibsga olinishi va keyinchalik uning Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishiga order berilgandan keyin oxirgi 3 yil davomida elchixonadan chiqish joyida patrul xizmatini olib borishgan.

Britaniya politsiyasi matbuot kotibining aytishicha, kuzatuv uchun ketgan xarajatlar o‘zini oqlamagani sababli shunday qaror qabul qilingan.

Nashrning baholashicha, elchixonada kuzatuv olib borishning davom ettirilishi soliq to‘lovchilarga 10 mln funt sterlingga aylanadi. Matbuot kotibi politsiya Assanj elchixonani tark etishi bilanoq uni qo‘lga olish niyati borligi va buning uchun “yashirin taktika”dan foydalanishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Avvalroq, Assanj Ekvador elchixonasini AQSh maxsus xizmatlari hujumidan xavfsirayotgani sababli tark etishga qaror qilmayotganini aytgan edi.

“Assanj uchun adolat” deb nomlangan saytda joylashtirilgan ma'lumotga ko‘ra, Assanj elchixonada 1770 kundan beri qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish