00:39 / 12.10.2015
6300

Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuchlari yordamida 5 ta aholi punktini ozod qildi

11 oktabrda Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi bilan birga Suriyaning 5 ta aholi punktini IShID terrorchilik guruhidan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, Suriya armiyasi “Jibhad an-Nusra” jangarilaridan Xama viyalotidagi Tel-Skek, Imxareytn qishloqlari va Atshan shaharchasini ozod qildi.

Qachonlardir Atshanda 2 mingga yaqin odam yashagan, ular qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishgan. Terrorchilar  bu shaharchani egallab olganidan keyin bu yerda birorta ham tinch aholi qolmagan.

“Dastlab Rossiya aviatsiyasi zarba berdi, ketidan esa Suriya qo‘shinlari hujumga o‘tdi. Bir necha o‘nlab jangarilar yo‘q qilindi, qolganlari esa qochib ketdi”, deb aytdi jurnalistlarga operatsiyaga qo‘mondonlik qiluvchi polkovnik Ibrohim.

Hozirda Suriya qo‘shinlari terrorchilar nazoratida bo‘lgan Idlib chegarasi yaqiniga kelishmoqda.

Top