21:35 / 12.10.2015
9277

Suriya mojarosi: 12 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Rossiya Saudiya Arabistoni bilan Suriyadagi operatsiya borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi>>

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Rossiya rahbariyati bilan uchrashuvida Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi borasida xavotirlanayotganini aytdi. Moskva bunga javoban uning Suriyadagi asosiy maqsadi hamisha IShIDga qarshi kurashish bo‘lganini ma'lum qildi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrning bu haqdagi bayonotini RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

OAV: Asad qo‘shinlari MRB qurollantirgan otryadlarga hujum qilmoqchi>>

The Washington Post nashrida yozilishicha, Suriya armiyasi boshlagan hamlasi birinchi navbatda AQShning tanklarga qarshi BGW-71 TOW raketa komplekslari bilan qurollangan otryadlarga qarshi yo‘naltiriladi.

OAV: Fransiya samolyotlari Suriyada olti nafar fransuz-terrorchini yo‘q qildi>>

Suriyada fransuz harbiy samolyotlarining aviazarbalari natijasida 6 nafar fransiyalik terrorist yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda iTELE telekanali hukumatdagi axborot manbasi ma'lumotlariga asoslangan holdi.

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Obamaning besamar siyosati sababli iste'foga chiqdi>>

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Robert Ford ma'muriyat Yaqin Sharqdagi mojaro munosabati bilan olib borayotgan siyosat sababli iste'foga chiqqanini ma'lum qildi, deya yozmoqda Washington Examiner jurnali.

Turkiya bosh vaziri: IShID – Anqaradagi teraktlar bilan bog‘liq asosiy gumondor>>

Turk tergovchilari Anqaradagi teraktlarni katta ehtimol bilan IShID terroristik guruhi tashkil etgan, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda 12 oktabr kuni NV telekanali efirida Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘li ma'lum qildi.

WP: AQSh Suriya muxolifatini qo‘llab, o‘zi bilmagan holda Rossiya bilan urush qilmoqda>>

AQSh Suriyadagi muxolif kuchlarga ko‘rsatayotgan harbiy yordam Yaqin Sharqdagi ixtilofda muhim o‘rin tutmoqda, buning natijasida u va Rossiya o‘rtasida yashirincha urush ketmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.

Rossiya harbiylari IShID qurol zaxiralarining katta qismi yo‘q qilinganini aytdi>>

Rossiya aviatsiyasining zarbalari tufayli IShID jangarilari qurol zaxiralarining katta qismidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Suriya harbiylari: terrorchilar Turkiya chegarasiga ketmoqda>>

Suriya qurolli kuchlarining muvaffaqiyatlari jangarilarning katta qismini chekinishga majbur qilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.
Bu haqda general Ali Mayxub bayonot berdi.

NYT: G‘arb IShIDni xonavayron qila olmayapti>>

IShID jangarilari qimmatbaho yo‘ltanlamaslarda yurgani qayd qilingan videolavhalar G‘arbning ushbu guruhning moliyalashtirilishini to‘xtatishga bo‘lgan harakatlari omadli kechmayotganligidan dalolat beradi. Bu haqda The New York Times kolumnisti yozmoqda.

Turkiya Rossiya va Eron bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi>>

Turkiya Rossiya va Eron bilan Suriyadagi ixtilofni siyosiy nazoratga olish masalasida muzokaralar olib boradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.

Rossiyaning Suriyadagi harbiy xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi>>

Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan harbiy operatsiyasining xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.

Rossiya samolyotlari Suriyada IShIDning 53 obektini nishonga oldi>>

Oxirgi bir kun davomida Rossiya aviatsiyasi Suriyada 55 parvozni amalga oshirib, IShIDning 53 obektini nishonga oldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Top