Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati: Anqaradagi terakt qurbonlari soni 97 nafarga yetdi
10 oktabr kuni Turkiya tarixidagi eng qonli terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 97 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri ma'muriyati qoshidagi muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ma'lumot tarqatilgan.
Ayni vaqtda tibbiyot xodimlari halok bo‘lgan 92 kishining shaxsini aniqlagan, 91 kishining jasadi qarindoshlariga jo‘natilgan.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida 1 nafar falastinlik ham bor.
Yana 5 kishining shaxsi DNK tekshiruvidan keyin aniqlanishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda Anqaradagi terakt tufayli jarohatlangan 160 nafarga yaqin kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan 2 marta terakt sodir etilgan edi.
Turkiyada kurdlar manfaatlarini himoya qiluvchi Xalq-demokratlar partiyasi Anqarada sodir etilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 128 nafarga qadar oshganini ma'lum qilgandi.