10:36 / 12.10.2015
3098

Ukraina Qozog‘istonda AN samolyotlarini terishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari Gennadiy Zubko 9 oktabr kuni bergan matbuot anjumanida “Antonov” konserni AN rusumli samolyotlarni terishni Qozog‘istonda yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini aytdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Ukraina va Qozog‘iston aviasozlik sohasida omadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Ostonadagi aviatsion texnik markaz negizida AN samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish bazasini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, AN-148, AN-158 va AN-178 samolyotlarini terish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Top