15:32 / 12.10.2015
4118

Uzbekistan Airways uchun soliqlarni to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekiston hukumati Uzbekistan Airways uchun 2015 yil to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari uzaytirilganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Sputnik.

Hukumat kompaniyaga mazkur davr uchun qo‘shimcha soliqlarni 2016 yil davomida teng ulushlarda to‘lashga ijozat berdi. Bunda kompaniya O‘zbekiston aeroportlarida samolyotlarga aviatsion kerosin quyishdan olinadigan daromadlar uchun majburiy to‘lovlarni amalga oshirishdan butunlay ozod qilindi.

Hukumatning mazkur qarori parvoz texnikalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma yuzasidan kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2016 yilda milliy aviatashuvchi birdaniga ikkita Boeing 787 Dreamliner`ga ega bo‘ladi.

Top