O‘zbekiston | 16:18 / 12.10.2015
5725
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida yangi madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi

Yunusobod tumanida ishga tushirilgan yangi markazda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda ansambl va badiiy guruhlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda mumtoz qo‘shiq va maqom ijrochiligi, milliy cholg‘u ijrochiligi, raqs va badiiy so‘z san'ati to‘garaklari, folklor-etnografik jamoalar faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

UzA xabariga ko‘ra, yigirma mingdan ziyod aholiga beminnat xizmat ko‘rsatuvchi yangi markaz sport zallari, internet klub, 400 o‘rinli tomosha zaliga ega.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtimizda 2013-2018 yillarda jami o‘ttiz to‘rtta madaniyat uyini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlab, madaniyat va aholi dam olish markazlariga aylantirish belgilangan. Joriy yilda yettita madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish