Jahon | 17:55 / 13.10.2015
3346
2 daqiqa o‘qiladi

“Almaz-Antey” Boeing bo‘yicha xalqaro komissiyaning xulosasini tajriba bilan rad etishga harakat qildi

Rossiyaning "Almaz-Antey" konserni Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing-777 samolyoti bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhi kelgan xulosalarni rad qilish maqsadida amaliy tajriba o‘tkazib ko‘rishdi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, ular xulosalarning noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotlab bera olgan.
Ta'kidlanishicha, layner Ukraina nazorati ostidagi hududdan uchirilgan raketa bilan urib tushirilgan. Bu qurol, o‘z navbatida, Rossiya armiyasida allaqachon ishlatilmay qo‘ygan.
Eslatamiz, bugun Niderlandiya xavfsizligi kengashining Gaagada yakuniy hisobotni ommalashtirildi. Unga ko‘ra, Malayzining Boeing-777 samolyoti halokatini taftish qilgan xalqaro ekspertlar guruhi samolyot 2014 yilning 17 iyul kuni “Buk” zenit-raketa kompleksi raketasi bilan urib tushirilganini aniqlagan.
Hujjatda aytilishicha, raketa uchuvchi kabinasiga chap tomondan yorib kirgan. Raketa portlaganidan so‘ng samolyotning bosh qismi fyuzelyajdan ajralgan.
O‘z navbatida, “Kontsern PVO "Almaz - Antey" MChD bosh direktori Yan Novikov shu bugunning o‘zida e'lon qilingan hisobotida Boeing-777 Ukraina nazorati ostidagi hududdan urib tushirilganini ma'lum qildi.
Kontsern ikkita sinov o‘tkazgani aytilmoqda. Birinchisida raketa samolyot fyuzelyajini gavdalantiruvchi qalqonlarga, ikkinchi safar esa iste'moldan chiqarilgan, konstruksiyasi Boeing-777ga yaqin Il-86 samolyotiga qarata uchirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish