07:55 / 13.10.2015
3839

Amerikalik 2 yoshli bola revolver orqali o‘zining 40 yoshli buvisini otib qo‘ydi

AQShning Janubiy Karolina shtatida 2 yoshli bola sayohat vaqtida avtomobildan revolver topib oldi va o‘z buvisining beliga o‘q uzdi.

Assosieyted Press xabariga ko‘ra, jarohatlangan ayol shifoxonaga yotqizilgan, uning hayotiga jiddiy tahdid yo‘q.

Bolaning qo‘liga tushib qolgan to‘pponcha jarohatlangan ayolning singlisiga tegishli bo‘lgan.

Ayni vaqtda huquq tartibot xodimlari bu qurolning noqonuniy saqlanmagani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni boshlashgan.

Top