Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksis Sanches "Arsenal"dagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi
"Arsenal" jamoasi chililik yarim himoyachisi Aleksis Sanches bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Bu boradagi muzokaralar yangi yilgacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Londonliklar rahbariyati futbolchi bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishishni istamoqda.
Qayd etish kerakki, Sanches bilan shartnoma yakunlanishiga 2 yil qolmoqda.
2018 yilgacha tuzilgan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish uchun "kanonirlar" rahbariyati Sanchesni jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirishga ham tayyorligi aytilgan.
Ayni vaqtda jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar Teo Uolkott va Mesut O‘zil hisoblanishadi.
Ma'lumot uchun, Aleksis Sanches joriy mavsumda ham o‘tgan yildagidek "Arsenal" g‘alabalarida asosiy ishlarni bajarmoqda. U joriy mavsumda to‘pchilar safidagi oxirgi 3ta o‘yinda 6ta gol urdi.