18:15 / 13.10.2015
3885

Amerikalik juftlik Chikagodagi yugurish marafoni davomida turmush qurishdi

Amerikalik ayol Stefani Reynxart shahar kengashi binosida turmush qurishni istagandi. Uning eri Mark Yokel esa oilasi va do‘stlari bilan ulkan tadbir orqali o‘z to‘yini o‘tkazishni xohlagandi. Natijada juftlik Chikagodagi marafon vaqtida o‘z to‘ylarini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda Chicago Tribune nashri xabar tarqatmoqda.

«Men o‘zimning aniq va kichik tadbirchamni o‘tkazdim. Mark esa 40 ming kishilik mehmoni orqali niyatiga erishdi», – deya ta'kidladi Reynxart.

Kelin va kuyov o‘zlarining bir umrga birga bo‘lishi haqidagi qasamyodlarini 8 mil masofaga bir necha qadam qolganda ijro etishdi.

Tantanali marosim taxminan 4 daqiqacha davom etdi.

«Biz tantananing qisqa bo‘lishini istagandik. Chunki biz bundan keyin bir necha fotolarga tushishimiz va undan keyin yana 18 mil masofaga yugurishimiz lozimligini bilardik», —deya tushuntirish berib o‘tdi Reynxart.

Bo‘lajak er-xotinlar 2013 yilning yozida Chicago Area Runners Association tomonidan tashkil qilingan «To‘y» poygasida tanishishgandi.

Top