Jahon | 09:45 / 13.10.2015
3961
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Belarusdagi saylovlar jahon standartlariga mos o‘tmaganini ta'kidladi

AQSh Davlat Departamenti Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga jahon standartlariga monand o‘tkazilmaganidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqdagi bayonot departamentning saytida e'lon qilindi.

Turli hisobotlarga tayangan holda, AQSh rasmiylari Belarusda ovozlarni sanash va natijalarni hisoblash bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjudligini ta'kidladi. Bundan tashqari, mamlakatda saylovlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yo‘qligi aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish