22:26 / 13.10.2015
8097

Arab davlatlari ligasi: Isroil e'tibordan qolgan davlatga aylandi

Isroil xalqaro huquq doirasidan tashqariga chiqib, e'tibordan qolgan davlatga aylandi. Bu haqda Arab davlatlari ligasi bosh kotibi o‘rinbosari Ahmad ibn Xolliy Qohirada Iordan daryosining G‘arbiy sohilida va Sharqiy Quddusdagi vaziyat tufayli doimiy vakillar darajasida o‘tgan liganing shoshilinch yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Biz falastinliklar davlatining xalqaro himoya qilinishiga erishmoqchimiz, jahon hamjamiyati esa ularning Isroilga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Isroil xalqaro huquq doirasidan tashqariga chiqib e'tibordan qolgan davlatga aylandi”, deb aytdi Xolliy Qohirada bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida.

Xolliyning aytishicha, liga “Isroil tajovuzini to‘xtatish uchun siyosiy va huquqiy jihatdan harakat qilmoqchi”. “Falastin davlatini himoya qilish muhim zaruratga aylandi va biz buning ustida ishlaymiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Xolliy.

Top