Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyaga boshpana olish uchun ilk suriyalik qochqinlar oilalari kela boshladi
Chexiyaga boshpana olish uchun ilk uchta suriyalik qochqinlar oilalari keldi. Bu haqda Chexiya IIV ma'lum qildi. Qochqinlar tekshiruvdan o‘tdilar, ular endi boshpana bilan ta'minlanadilar.
“Birinchi suriyaliklar guruhida 16 fuqaro bor edi, ular orasida kasal bolalar ham bor. Bolalar Chexiya shifoxonalarida davolash kursidan o‘tadilar. Bu Yaqin Sharq migratsion markazlaridagi Chexiya qabul qilishga tayyor bo‘lgan 400 nafar suriyaliklardan birinchilari”, deb aytilmoqda xabarda.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashi tomonidan qabul qilingan kvotalarga binoan, Chexiya Italiya va Gretsiyadan 1100 nafar yaqin sharqlik qochqinlarni qabul qilishi kerak.