07:42 / 13.10.2015
3435

Yevro-2016 saralashi: Ye guruhida Angliya terma jamoasi 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi

12 oktabr kuni Yevro-2016 saralashining Ye guruhida ham 10-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu turda o‘tgan turdayoq qaysi jamoalar guruhdan qaysi o‘rinlar bilan chiqishi va qaysi jamoa pley-offda qatnashishi hal qilib bo‘lingan edi.

Rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan oxirgi turda Angliya terma jamoasi safarda Litva ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib qaytdi va 100 foizlik ko‘rsatkich bilan guruh g‘olibi bo‘ldi. Jamoa 10ta o‘yinda 10ta g‘alaba qayd etib, 30 ochko jamg‘ardi.

Shveytsariya Estoniyadagi uchrashuvning so‘nggi daqiqasida urilgan gol evaziga navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 21 ochko bilan guruhning ikkinchi o‘rnida joylashdi.

Sloveniya esa San-Marinoni safarda 2:0 hisobida yengib, 16 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Litva – Angliya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 29 Barkli, 0:2 – 35, avtogol Arlauskis, 0:3 – 62 Oksleyd-Chemberlen.
Litva – Arlauskis, Mikutskis, Andryushkyavichyus (Vaytkunas, 82), Freydgeymas, Klimavichyus, Julpa, Panka, Slivka, Chernix, Spalvis (Matulyavichyus, 86), Novikovas (Petravichyus, 63).
Angliya – Batlend, Jons, Gibbs, Uoker, Djagelka, Oksleyd-Chemberlen, Barkli (Taunsend, 73), Shelvi, Lallana (Alli, 67), Keyn (Ingz, 59), Vardi.
Ogohlantirishlar: Shelvi (78), Vardi (79), Spalvis (84), Vaytkunas (89).

Estoniya – Shveytsariya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90, avtogol Klavan.
Estoniya – Aksalu, Klavan, Yaager, Mets, Kallaste (Luts, 80), Vasilev, Puri (Lindpere, 67), Teniste, Antonov, Pikk, Zenev (Pure, 61).
Shveytsariya – Xitts, Djuru, Mubandjye, Lang, Djyemaili, Lustenberger, Jaka (Kasami, 80), Inler, Shakiri (Embolo, 46), Mexmedi (Shteffen, 71), Derdiyok.
Ogohlantirish: Mets (78).

San-Marino – Sloveniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Tsesar, 0:2 – 74 Pechnik.
San-Marino – Simonchini, Simonchini, Brolli, Palatstsi, Valentini (Della Valle, 73), Kyarutstsi, Gasperoni, Battistini, Xirsh, Selva (Rinaldi, 71), Vitayoli (Matstsa, 90).
Sloveniya – Oblak, Struna, Yokich, Tsesar, Samarjich, Birsa, Kurtich, Ilichich (Pechnik, 46), Krxin, Kirm (Lazarevich, 70), Berich (Matavj, 46).
Ogohlantirishlar: Gasperoni (12), Ilichich (34), Kurtich (48), Brolli (73).

 

Top