Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Federika Mogerini: Bashar Asad bilan muzokaralarni BMT olib borishi kerak
Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy raisi Federika Mogerini Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralar BMT boshchiligida o‘tishi kerakligiga ishonchi komilligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
“Biz BMT maxsus vakili Staffan de Misturaning sa'y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. U Asad bilan muzokaralar olib bormoqda va Asad tuzumi vakillari BMT boshchiligida muzokaralar stoli atrofida o‘tirishlari kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Mogerini.
Mogerinining fikricha, BMT jarayonning ishtirokchilaridan biri bilan, Yevropa Ittifoqi esa qolgan ishtirokchilar bilan muzokaralar olib borilishini nazorat qilishi mumkin.