17:17 / 13.10.2015
7397

«Formula-1» poygachisi Lyuis Hemilton Putinga qarata shampan vinosi sepdi

Buyuk britaniyalik avtopoygachi Lyuis Hemilton Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan «Formula-1» poygalarining navbatdagi bosqichidagi g‘alabadan keyingi taqdirlash marosimida shampan vinosi ko‘piklarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarata sepdi, deb yozadi spletnik.ru internet-nashri. 

Manbaning yozishicha, Hemilton g‘alaba qozongan har bir bosqichidan keyin an'anaviy ravishda mazkur g‘alabani shampan vinosini kimgadir sepish orqali nishonlaydi. Bu safar taqdirlash marosimida uning yaqinida Rossiya prezidenti turgandi va bundan Hemilton foydalanib qoldi.

Ammo Putin bu paytda podiumni tark etayotgandi va Hemiltonning «sovuq dushi» unga to‘liqligicha yetib bormadi.

Top