Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:37 / 13.10.2015
3151
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya bosh vaziri Ablyazov ekstraditsiyasi haqidagi dekretni imzoladi
Qozog‘istonlik biznesmen va muxolif siyosatchi, BTA-bankning sobiq rahbari Muxtor Ablyazov ishida siyosiy ta'qib alomatlari sezilmagani bois Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals uning ekstraditsiyasi haqidagi dekretni imzoladi. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.
Vals Rossiyadan, Ablyazov topshirilgan taqdirda, uning jismoniy va psixologik xavfsizligini ta'minlashni talab qildi.
Ablyazov himoyasi bu qarorga Fransiya davlat kengashida va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish