18:22 / 13.10.2015
4410

FVV tabiiy ofatlar tahdidining kamayganini ma'lum qildi

13 oktabr kuni O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi Xalqaro tabiiy ofatlar tahdidini kamaytirish kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. “Turkiston-press” axborot agentligining ma'lum qilishicha, tadbirda FVV, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zgidromet, Davlat geologiya qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Bu sana BMTning 2009 yil 21 dekabridagi №64/200 rezolyutsiyasiga muvofiq har yili nishonlanadi.

Tadbir davomida vazirlik vakillari mamlakatda tabiiy ofatlar tahdidini kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha hisobot berdi.
Jumladan, tog‘ ko‘llari va qor qatlamlarining ahvolini, sellar va toshqinlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zonalarni o‘rganish maqsadida Toshkent, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 8ta aerovizual kuzatishlar amalga oshirilgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Bu yo‘nalishda O‘zgidromet, Davlat geologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta'kidlandi.

Top