Jahon | 08:23 / 13.10.2015
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi yer o‘pirilishi jabrlanuvchilari uchun 2 mln dollar mablag‘ evaziga 200ta uy quriladi

Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida 3 oktabr kuni yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli 280 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi tomonidan ma'lum qilingan.

Bu ma'lumotlarga ko‘ra, 100ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 oktabrga o‘tar kechasi mamlakat poytaxtidan 15 km masofada joylashgan Kambray-2 qishlog‘ida yer o‘pirilishi yuz bergan, bu hodisa tufayli 200ta uy tuproq ostida qolgan.

Mamlakat prezidenti Alexandro Maldonado uysiz qolgan aholi uchun yangi uylar qurib berilishiga va'da qilgan.

"Biz tez orada qurilish ishlarini boshlaymiz. Har bir oila uchun 50 kv m (6x15 m) maydondan iborat hovli beriladi", deydi prezident.

Ma'lum qilinishicha, yangi uylar qurilishi uchun 2 mln dollar mablag‘ sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish