17:23 / 13.10.2015
2909

Istomin Toshkent "Chellenjyer"i turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi

Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida “Chellenjyer” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 125 ming dollardan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda.

Birinchi kungi bahslarda O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Bosniya va Gertsegoviniya vakili Aldin Setkichni mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘llanma olgandi.

Bugun, 13 oktabr kuni esa mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin belarus vakili Uladjimir Ignatikka qarshi kortga chiqdi.

Istomin bu bahsni 6:4, 7:6 hisoblarida o‘z foydasiga hal qila oldi.

Denis Istomin - Uladjimir Ignatik 2:0 (6:4, 7:6.)

Top