Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyerdan Shakiri: Shveytsariya terma jamoasi Yevro-2016 turniri finaligacha bora oladi
Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri Yevro-2016 saralashining so‘nggi turida Estoniya bilan o‘tkazilgan g‘alabali o‘yindan (1:0) keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.
U o‘z terma jamoasining Fransiyada 2016 yili o‘tkaziladigan Yevropa chempionati turniridagi imkoniyatlariga yuqori baho bergan.
"Estonlarda yaxshi jamoa bor. Ular o‘yinni yaxshi boshlashdi va g‘alaba uchun harakat qilishdi. Lekin yakunda biz g‘alaba qildik. Yo‘llanmani oldinroq hal qilgan bo‘lsakda, bu o‘yindagi g‘alaba biz uchun muhim edi. Futbolchilar g‘alabali kayfiyatni saqlab qolishlari kerak.
Estonlar faol ravishda bosim uyushtirishdi. Ikkinchi taymda ular charchay boshlashdi. Axir 90 daqiqa davomida pressing uyushtirib o‘ynab bo‘lmaydi. Shuning uchun bizda hujumlar qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar yuzaga kela boshladi.
Biz endi Fransiyaga o‘z kuchimizga ishongan holda borishimiz mumkin. Avvaliga guruhlar qay ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rishimiz kerak. Bizning jamoa yosh va futbolchilar kuchga to‘la. Bu jamoa birinchi uchrashuvni g‘alaba bilan boshlasa, kamida finalgacha bora oladi", deydi Angliyaning "Stok Siti" jamoasi futbolchisi.