Jahon | 11:40 / 13.10.2015
7041
1 daqiqa o‘qiladi

LA Times: Rossiya AQShning Suriyadagi imkoniyatlarini cheklamoqda

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Rossiyaning Suriya ixtilofiga aralashuvi birinchi navbatda Vladimir Putinga ziyon keltirishini ta'kidlaganda haq bo‘lib chiqishi mumkin.

Ammo, Los Angeles Times kolumnistining fikricha, ayni paytda Rossiya mintaqaviy yetakchi ekanligini ko‘rsatib bera olgan va AQShning Yaqin Sharqdagi harakat maydonini sezilarli cheklab qo‘ygan.
Maqola muallifining ta'kidlashicha, Obama ma'muriyati yo Putinning rejalaridan bexabar bo‘lgan, yoki uni fikridan qaytara olmagan.

Shuningdek, ayni paytda Davlat Departamenti Rossiya AQShning yaqin ittifoqchisi bo‘lmish Iroq bilan aloqalarni mustahkamlab, razvedka ma'lumotlari almashishni yo‘lga qo‘yganidan tashvishga tushmoqda.
Endilikda, tahlilchining o‘ylashicha, AQSh Rossiyani ixtilofdan chiqara olmaydi. Ammo u ittifoqchilari bilan jipslashgan holda IShIDga qarshi kurash ishi Moskva manfaatlariga xizmat qilishini bartaraf qilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish