09:54 / 13.10.2015
4239

Lineker: Angliyaning g‘alabalari odamni zeriktirib yubordi. Biz endi yangi Germaniyamiz

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘zining fikrlari bilan muxlislar e'tiborini qozonib keladigan Gari Lineker terma jamoaning Yevro-2016 saralashidagi ishtirokiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Angliyaning muntazam g‘alabalarini odamni zeriktirib yubordi. Biz endi yangi Germaniyamiz”, - deb yozadi Lineker tvitterdagi sahifasida.

Qayd etish kerakki, o‘tgan asrda Linekerning "Futbol shunday o‘yinki, unda 24 kishi o‘ynaydi va yakunda Germaniya g‘alaba qozonadi" fikri ham mashhur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi saralashdagi 10ta uchrashuvda 10ta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Top